Untitled Document

Ustoz Badiuzzamon Said Nursi Hazratlarining qisqacha tarjimai holi
"Risolai Nur Kulliyoti" nomli asarlari ila Islom dunyosi va umuman insonlik olamida buyuk bir shuhrat yoygan va asarlari darslar holida buyuk bir ishtiyoq va ishqla o'qilayotgan Badiuzzamon Said Nursiy kimdir? Hayoti qaerlarda o'tgan, qanday davom etgan? Ustodning hayot safhalarini batafsil hikoya qilmoq, Dini Mubini Islom yo'lida umrini fido qilib chekkan jabru jafolarining hammasini bayon etmoq nihoyatda mushkuldir Janobi Haq bu zotni shunday muhtasham va ajib va xoriqo hayot yo'llaridan kechirganki, xuddi bu zot bir jamoatdir va xuddi buyuk Usmonli davlatining olti yuz yillik tarixini bu zot sakson yillik umri davomida yashab o'tgandek. Turli xil sitamli voqea va hodisalarni boshidan o'tkazib, faoliyat va g'ayrat bilan haq yo'lda davom etgan bir insondir Bu zotning hayot kechmishlari tadqiq etilsa va asarlari diqqatla kuzatilsa, shu narsa ayon bo'ladiki, Ustod hazratlarining o'z ta'birlari bilan aytganda: "Risolai Nur bu asrni va kelajak asrlarni nurlantirgan bir mo'jizai Qur'oniyyadir.

Zubayr Gunduzalpning 1947 yildagi Konferensiyasi
Modomoki Qur’oni Kariymga yopishganlar dunyo va oxirat saodatiga erishar ekanlar, uning porloq tafsiri bo’lgan "Risolai Nur"ni o’qib, shunga ko’ra amal qilganlar ham haqiqiy saodatni - Qur’oniy hayotni topajaklar, inshaalloh. Bu iymoniy asarlarni o’qigan yoshlarning iymoni quvvat-lanadi. Istiqbollari porlaydi, ilm va irfon sohibi bo’ladilar. O’zlarini ham vatanga, ham millatga, ham ota-onalariga foydali yuksak axloqqa sohib yoshlar sifatida namoyon etadilar. Ollohning xolis bir quli, Payg’ambarning (s.a.v.) haqiqiy bir ummati holiga kelmoq baxtiga noil bo’ladilar.

Tohiriy Mutlu MUDOFAANOMASI
Da`vo qilinganidek, diniy hislarni qurol qilish suratida manfaat qozonish va yo o’ziga tarafdor yig’ish degan narsa yo’q. Butun hayotini Islom dinining yuksalishiga, Vatan avlodlarining iymonini quvvatlantirish uchun va biz yashayotgan asrning tafakkuriga muvofiq ravishda Qur`on Haqiqatlarining yoyilishiga qaratgan va sarflagan; hamda shu bilan birga o’zini eng ojiz banda deb bilgan va shunday bildirgan; yozgan Risolai Nurini o’z zakovati va idrokiga bog’lamay, Ilohiy tavfiq va inoyatdan deb bilib, nazarlarni Qur`onga qaratgan kamtarin bir fidokor haqida va ayni shiorni o’ziga maslak qilib olgan bizlar, ya`ni talabalari haqida, diniy hislarni qurol qilib, boshqa maqsad va g’oyalar peshidan chopadi deb tuhmat qilish insofsizlikdan boshqa narsa emas.
|
||||||||||
|



