ico

Bizga yozing...
E-mail

Saytimizga
статистика посещения интернет kirish

Hikmat Qatralari

Ko'p yaxshilar bor ki, yaxshilik
zonni bilan yomonlik qiladilar.


Xabarlar
Dunyo Risola-i Nur o`qimoqda
...

Orphus sistemasi

Untitled Document
1 | 2

ANQARA UNIVERSITETIDA O'QILGAN BIR NUTQ
"Risolai Nur"ning darsi ila va aziz, qiymatli ustozim Badiuzzamonning himmati ila hozirlangan bu ma'ruza Risolai Nur haqida totli va zavqli bir suhbatdir, "Risolai Nur"ning qiymat va ahamiyatini ifoda etish emasdir, bunga jasoratim yo'qdir. CHunki men "Risolai Nur"ning eng mubtadiy, eng ojiz bir talabasiman. Millatlar ichida shuhrat qozongan shohasarning qiymatini anglatishga saviyam kifoya emas. Bu buyuk sharaf "Risolai Nur"ning munavvar idrokli va taqdirkor o'quvchilariga maxsusdir.
Men "Risolai Nur"ga etishgunimga qadar matbuotimizda va kitoblarimizda Qur'oni Kariymning qiymatini anglatadigan biror narsa o'qimagan edim. Keyinroq angladimki, Qur'oni Kariymni yarim asrdan beri bizning adiblarimizdan ko'ra ko'proq ajnabiy uluglari taqdirlashayotir ekan. Amriqoda Oq Uyda butun dunyoning va koinotning quyoshi bo'lgan Qur'oni Hakiym yashil ipaklilar orasida o'zi loyiq bo'lgan yuksak mavqelarni egallab turibdi ekan. Mujidlar, faylasuflar, ruhiyshunos, jamiyatshunos, murabbiy Qur'oni Kariym asosida yozilgan asarlarni o'qimoqdalar, bu muqaddas kitobdan olgan ma'lumotlari ila asarlar bitib, dunyo miqyosida shuhrat qozonmoqdalar. Insoniyatga, millatlarga xizmat qilmoqdalar. Shvetsiya, Norvegiya va Finlandiya eng buyuk ilm egalaridan mutashakkil bir hay'at maydonga keltirganlar. Yoshlarga najot bera oladigan xaloskor bir kitobni yillarcha izlashgan, nihoyat, yoshlikni eng yuksak axloq ila bezantirish va dunyoda ochiq fikrli, mustaqiym ilm egasi qilish uchun Qur'oni Kariymni o'qitmoq yagona chora ekaniga amin bo'lishgan.
Islomiyatni va Qur'onni qadrlagan chet elliklar bisyordir. Bu haqda ko'plab misollar keltirish mumkin.
Xullas, musulmon bo'lmagan kimsalar Islom Kitobining qiymatini taqdir etib, undan istifoda qilishayotgan bir paytda uyg'oq musulmon turk yoshlari, ajabo, bunga befarq qarab tura olarmi?! Qat'iyyan va aslo tura olmas va xotirjam uxlay olmas.
Ma'budi Zishonimiz bo'lgan Janobi Haq yoshligimizning eng ulviy va eng qudsiy ehtiyojlariga tom javob beradigan bir ilmi haqiqat xazinasini yigarmanchi asrda ham maydonga keltirdi. Ana shu boy dafinai ilmiya Qur'oni Kariymning haqiqiy va porloq bir tafsiri bo'lmish "Risolai Nur"dir. Bu asarlar Qur'oni Hakiymdan sizib chiqqan va uning asosida yozilgandir. Asarni ta'lif etgan Badiiuzzamondir. Jami haqiqiy ilm egalari muttafiqan "Risolai Nur"ning bu muhtasham muallifi "Baziuzzamon" deyilishga loyiq bir shaxsiyat ekanini tasdiqlashgandir. "Risolai Nur" asarlari millat va yoshlikni zalolat va buzilish girdoblaridan qutqaradigan bir tafsiri Qur'on ekanini taqdir va tahsinlar-la tasdiqlashgandir. Ammo bu aytilganlarga qaramay, bu qadar buyuk bir shohasarning muallifini bugun har kim ham tom taniydi, deb bo'lmaydi. Ha? do'stlar, ichimizda o'n besh-yigirma yildir, kommunystlar va dinga dushman jarayonlar ko'plashib harakat qilmoqdalar. Ular bunday dohiylarimizni millatga tanitish u yoqda tursin, har turli isnodlar-la yomonlab kelmoqdalar. Bunga muvaffaq bo'lmoq uchun esa, bor imkoniyatlardan istifoda etishga kirishganlar. Haqiqiy va mujohid ilm odamlarimizni millatga yomon ko'rsatish uchun bor g'ayratlarini ishga solganlar. Uzoq yillar biz aldangan va aldatilgan ekanmiz.
Hozirga qadar din odamlarimiz haqida bizga qilingan uydirma talqinotlarni va yolg'on-yashiq tashviqotlarni bu alamli haqiqatlardan voqif bo'lgandan so'nggina boshimizdan chiqara oldik. Manfiy tushunchalarimizni tark etdik, haqiqiy munavvarlar istifoda etadigan qudsiy kitobimiz Qur'onga yopishdik va Qur'oni Hakiymning bu asrda yuksak bir tafsiri bo'lgan "Risolai Nur" orqali Qur'on va iymon haqiqatlari-la munavvar bo'la boshladik.
Ha, Abdulqodir Giyloniy, imomi G'azzoliy va Mavlono Jaloliddin Rumiy kabi, Islomiyatning bittadan quyoshi hukmida bo'lgan dohiy buyuklarimizning asarlarini va haqiqiy qiymatlarini bugungi yoshlar naqadar bila olmayotgan bo'lsa, Badiuzzamon Said Nursiydek misilsiz bir mufassiri Qur'onni shu qadar tom taniy olmayapti. Ularning tanishga, asosan, xufyayu oshkor din dushmanlari maxsus maydon bermaslar. Ammo, shunga qaramay, bunday bir mufassirning va bir RYuLOM dohiysining bu asrda ham mavjud ekanini shaxsiy g'ayratlari ila o'rganganlar Badiuzzamonning tarixiy va jahonshumul qiymatini darhol idrok etish va asarlaridan foydalanish uchun hol-jonlarini fido qilmoqdalar.
Ha, do'stlar! Qax'iy va komil bir qanoat-la deya olamizki, bu asrdagi insonlarni saodatga erishtiradigan, ularni aqlan va qalban iqno etadigan asar faqat "Rioolai Nur"dir. Bu hukm "Nur Risolalari"ni o'qigan munavarlarning qat'iy bir hukmidir. Ham bu qanoatning haqligi "Risolai Nur"dagi ilmiy qudrat va o'ziga xoslik ochiq ko'rsatib turibdi.
Do'stlar!
Modomoki Qur'oni Kariymga yopishganlar dunyo va oxirat saodatiga erishar ekanlar, uning porloq tafsiri bo'lgan "Risolai Nur"ni o'qib, shunga ko'ra amal qilganlar ham haqiqiy saodatni - Qur'oniy hayotni topajaklar, inshaalloh. Bu iymoniy asarlarni o'qigan yoshlarning iymoni quvvat-lanadi. Istiqbollari porlaydi, ilm va irfon sohibi bo'ladilar. O'zlarini ham vatanga, ham millatga, ham ota-onalariga foydali yuksak axloqqa sohib yoshlar sifatida namoyon etadilar. Allohning xolis bir quli, Payg'ambarning (s.a.v.) haqiqiy bir ummati holiga kelmoq baxtiga noil bo'ladilar.
"Risolai Nur" haqida ma'lumot so'ragan do'stlarimizga kelsak, bu xususda bir fikr bildirish uchun biron joydan izohot olishning hojati yo'qdir. Siz bu fayyoz asarlarni o'qing, bevosita o'z jahd va shaxsiy g'ayratingiz ila uni anglashga va tanishga kirishing. U ilm va irfon xazinasiga o'zingiz kiring, o'shanda orzu etgan ma'lumotingizni chinakam qo'lga kiritgan bo'lasiz. Ha, "Risolai Nur"ni o'qigan sari, Qur'on nuri ichingizga to'ladi. U Qur'oniy haqiqatlar ichingizni va aqlingizni va qalbingizni tanvir etajak va iymoningizni inkishof ettirib quvvatlantirajakdir. "Nur Risolalari"ni o'qigan sari, ilohiy bir fayz ruhoniy va ma'naviy olamingizni qoplayajakdir. Hayotda sizga bir huzur va saodatning farog'ati ichida yashay olishning eshiklari ochilajakdir. Dunyo oxiratning bir ekinzori ekan bu foniy dunyoga abadiy bir hayotni qozonish uchun kelganingizni o'rganajaksiz, bunday iymon jihatidan dunyoning jannatdan ham zavqli ekanini his etajaksiz. So'ngsiz va ma'naviy bir shavq va ishq-la dunyoni bu o'tkinchi hayot uchun emas, balki abadiy bir hayotni va boqiy bir saodatni qozonish uchun sevajaksiz.
Ham, namoz o'qish va ibodat buyuk va qudsiy bir zavq ekanini yana bir bor anglaysiz. Namozda Robbi Rohiymimizning, Allohimizning huzurida turmoqdan shu qadar teran va ilohiy bir zavq tuya boshlaysizki, namozsiz o'tgan kunlaringiz iztirob va siqintilar-la to'ladi, eng sevinchli, eng mas'ud onlaringiz Allohga ibodatda va taotda o'tgan damlaringiz ekanini bilasiz.
Do'stlar!
'Risolai Nur" yigirmanchi asr musulmonlarini va butun insonlarni fikr qorong'uliklaridan va mudhish zalolat yo'llaridan qutqarmoq uchun muallifning ixtiyori ila emas, balki bir ehsoni ilohiy o'laroq yozilgan ilhomiy bir asardir. Xullas, insonga ta'siri benihoya katta bo'lgan bu asarni davomli ravishda va taanniy ila, lugatlarning ma'nolarini o'rganib, diqqat-la o'qiyolsangiz, kechayukunduz shug'ullangan Nur talabalari kabi, siz ham katta bir huzur va saodatga erishasiz. Ham g'oyat javvol va faol bir holga kelasiz. Bu qudsny asarlarni kunlarcha o'qishdan keladigan ilohiy rohat sizni shodlantiradi. Haqiqiy qiymatini hech bir mezon ila o'lchab bo'lmaydigan bu asarlar bilan mashg'ul bo'lishga besh daqiqangizni ham bekorga ketkazmassiz. Doimo cho'ntangizda, yoningizda Nurlarni olib yurish, o'qish. doimo o'qish uchun vaqtlaringizni buyuk bir qiymat-la qiymatlantirajaksiz. "Nurlar"ni o'qimoq sevgisi ila, Nurlarni o'qimoq hayajoni ila, Nurlarni o'qimoq ehtiyoji ila yonajaksiz.

Ha, do'stlar, "Risolai Nur" shunday jozibador bir asardirki, u bilan Qur'onga va iymonga xizmat etishning qudsiyatini va buyukligini anglagan, dunyodaligingizda sizlarni jannatta da'vat etsalar ham, bunday muqaddas bir vazifani, bunday ulviy bir saodatni endi tashlab ketishni istamassiz. Iymon jihati ila va iymonni qutqarmoq da'vosiga xizmat etish g'oyasi ila dunyo bir ma'naviy jannat hukmida ekanini his etajaksiz.
"Risolai Nur" sari harakat qilganlar iymon va islomiyat xizmati yo'lida shunday bir farog'at va fidokorlik sohibi bo'lganlarki, ularda manfaati shaxsiya deyilgan oddiy va tuban maqsadlar joy topib, o'rnasha olmagan. Zero, Nur talabalarida eng birinchi maqsad va eng buyuk g'oya Rizoi Ilohiydir. Allohga hadsiz shukrlar bo'lsinki, "Risolai Nur" sari harakat qilish muqaddas kitobimiz Qur'oni Azimushshonga xizmat ekanini bilgan uyg'oq va qiymatdor va fidokor do'stlarimiz milyonlardan oshgandir. Aqli joyida bo'lganlarga g'oyat oshkor ko'rinib turgan bu haqiqatni hech bir inson inkor etolmaydi. Alloh uchun bir harakat bo'lgan "Risolai Nur" faoliyatlarida Ilohiy bir ishq va shafq-la, qalbiy va ruhiy bir sevgi ila tun-uyqularini ham fido etayotganlar ko'plab topiladi.
Qarang! "Risolai Nur"ga xizmat etayotgan shunday talabalar borki, ulardan biriga: "Risolai Nur o'rniga mana bu kitoblarni ko'chirsang, senga amriqolik milliarder Fordning sarvatini beramiz". deyilsa, u baxtiyor talaba "Risolai Nur" satrlaridan hatto qalamining uchini ko'tarmay, shunday javob berajakdir:
"Dunyoni bor sarvati va saltanati ila bersangiz ham, qabul etmasman. CHunki Janobi Haq bizga "Risolai Nur"ning mutolaasi va xizmati ila tuganmas, boqiy bir xazina berajakdir. Ajabo, sizning bu dunyoviy sarvatingiz meni mas'ud etadimi? Bu dargumon. Ammo Robbimiz ehson etadigai boqiy sarvat ila haqiqiy saodatga erishishimizga shak va shubha yo'qdir".



Yuqoriga

saytimizga link bering!!! ©2006 Iymon Haqiqatlari