Untitled Document
OG'IR JAZO MAHKAMASI BOSHQARMASIGA.
ANQARA.
Da`vo maqomining bizga qarshi da`vosida o'ziga tarafdor to'plamoqda degan tuhmatini olg'a surib mahkum qilinishimni istamoqda. Ayblashga asos qilib ko'rsatilgan xat aslida bunday tuhmatdan nihoyatda uzoq. Chunki bu xat Said Nursiyga, uning asarlari va talabalariga qarshi bo'lgan, haqiqatga zarracha aloqasi yo'q va yolg'onlarni tarqatib yurgan ba`zi gazetachilarning tarqatgan ba`zi uydirmalariga javobdan iborat. Mahkama qarorlari va tadqiq hay`atining raportlari zikr etilib, qo'yilgan yanglish ayblar ma`qul shaklda bartaraf qilingan. Betaraflik (ya`ni dunyoviy)* tushunchasini suiiste`mol qilib, Badiuzzamonga, Talabalari va Risolai Nurga qarshi eng g'arazkor bir tarzda harakat qilganlarga, betaraflik qoidasidan foydalanib yozilgan bu javob xati qonun va adolat nuqtai nazaridan bir ayb sanalmasligi lozim.
Da`vo qilinganidek, diniy hislarni qurol qilish suratida manfaat qozonish va yo o'ziga tarafdor yig'ish degan narsa yo'q. Butun hayotini Islom dinining yuksalishiga, Vatan avlodlarining iymonini quvvatlantirish uchun va biz yashayotgan asrning tafakkuriga muvofiq ravishda Qur`on Haqiqatlarining yoyilishiga qaratgan va sarflagan; hamda shu bilan birga o'zini eng ojiz banda deb bilgan va shunday bildirgan; yozgan Risolai Nurini o'z zakovati va idrokiga bog'lamay, Ilohiy tavfiq va inoyatdan deb bilib, nazarlarni Qur`onga qaratgan kamtarin bir fidokor haqida va ayni shiorni o'ziga maslak qilib olgan bizlar, ya`ni talabalari haqida, diniy hislarni qurol qilib, boshqa maqsad va g'oyalar peshidan chopadi deb tuhmat qilish insofsizlikdan boshqa narsa emas.
Menkim, yigirma yildan ortiq Risolai Nurning xizmatida yurgan va Ustoz Badiuzzamonning shaxsiy va Nurlarga oid xizmatiga taalluqli hayoti bilan juda yaqindan tanishman. Ustoz Said Nursiyda dinni va yo diniy hislarni qurol qilmoq va yo o'ziga tarafdor yig'moq kabi dinimizda qoralangan xatolar yo'qligini bor quvvatim bilan arz etmoq istayman. Quyidagi bir necha modda ko'zdan kechirilsa, da`vo maqomining qo'ygan ayblari tamoman o'rinsiz ekani anglashiladi. Shundayki:
1 - Badiuzzamon, Qur`ondan olgan maslagining asoslari ojizlik va faqirlik ekanini bayon qiladi. Butun hayotida, asarlarida va iymoniy xizmatida bu asos butun ma`nosi va shumuli ila ko'rinib turadi. Prokuror gumon bilan da`vo qilayotgan "O'ziga tarafdor yig'ish, dinni va diniy hislarni qurol qilish" bu ikki asosga tamoman ziddir. Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy eng ko'p qochadigan va rad qiladigan va qalban zarracha ham talab qilmaydigan va barcha xatolarning boshi deb bilgan narsa: "Dinni qurol qilish orqali dunyoviy maqsadlar va foniy ishlar peshida yurmoqdir.
2 - Ham yana, o'ziga tarafdor yig'ishdan hamda moddiy va ma`naviy manfaat talabidan ham nihoyat darajada uzoq yurgan va o'zni tiygan bir zotga aynan shu aybni qo'yish, adolatli bir odamga uyqunmi yo'qmi, vijdonlarga havola qilaman. Chunki Ustoz shunchalik Risolai Nur haqiqati yo'lida o'zni unutgan va to'g'ridan to'g'ri Qur`on Haqiqatlariga yuzlanganki, o'ttiz besh yillik hayoti va yozgan Risolai Nuri va shu darsni maslak deb qabul qilgan talabalari, bunga eng ishonchli shohiddir. Barcha o'zidagi yaxshilik, muvaffaqiyat va go'zallik, Alloh tarafidan ehson qilinganini, ehson esa faqat ojizlik va faqirlik ila rahmatga iltijo qilganga berilishini, o'zi esa bu ishga bor-yo'qi holati va amalida duo qilish bilan erishganini dars beradi.
Ham xolis bir iymon, diniy qadriyatlar kabi oliy gavharlarni o'tin parchalari hukmida bo'lgan foniy va dunyoviy manfaatlarga qurol qilmaslikni taqozo qiladi. Buni asarlarida qayta-qayta izohlagan hamda amali va holati bilan bunga mujassam chiroyli bir misol bo'lgan zotni, o'z faoliyati va harakatlari bilan yolg'onga chiqargan narsalarda ayblash, huquq sharafi nomidan to'g'ri emas.
3 - Biz talabalari ham kuchimiz yetgancha ayni haqiqatga butun ruhimiz bilan bog'langanmiz. Bizning bu samimiyat va xolisona xizmatimizga qanoat hosil qilgan Dengizli Og'ir Jazo Mahkamasi 1944-yili bizga qarshi qo'yilgan shu turdagi barcha da`volarni rad qilib oqlanishimizga va kitoblarimizning qaytarib berilishiga qaror chiqargan. Oliy maqomingizga da`vo maqomi qo'ygan ayblarni batamom rad qilish uchun Ustozning maktub va risolalaridan ayni bahsga tegishli bandlarni arz etmoq istardim. Biroq vaqtni cho'zmaslik uchun voz kechdim.
Biz hayotimizda g'oya va yagona maqsad deb qabul qilgan Risolai Nur xizmatiga shiddatli aloqa va uzilmas bir arqon ila bog'langanimizni ko'rgan, biroq bu aloqani iymondan kelib chiqqanini qabul qilishni istamaganlar, turli xil bahonalarla bizni poymol qilmoq va iymon xizmatiga chek qo'yish uchun ko'p yillar urindilar, bahonalar to'qidilar. Biroq odil zotlar ko'p marta bizni oqlab chiqib, tuhmatchilarning ovozini o'chirdilar. U g'arazkorlardan vijdon va insofi bo'lganlari uyaldilar.
Oliy mahkamangizga butun samimiyatim ila arz etamanki, tarixda Ustoz Badiuzzamon Said Nursiy va talabalarichalik bezarar va beminnat haqqa xizmat qilgan, o'z millat va mamlakatining dunyo va oxiratda saodat va salomati uchun xizmat qilgan, evaziga bir tashakkur olishni ham niyat qilmagan va xotiriga keltirmagan, biroq buning o'rniga misli ko'rilmagan shaklda eng ko'p bo'hton va tuhmatlarga qolganlar bo'lmagan deb o'ylayman.
Haqiqatlar ziddiga aylanishi amri-mahol bo'lgani holda, Said Nursiyning Qur`oni Hakiymdan olgan iymoniy darslarini yoyishdan millatga, mamlakatga zarar keladi deb vahima qilganlar va yo bir ayb qo'yganlar, aynan shu amri-maholni amalga oshirishga uringan bo'ladilar. Natijada millati uchun, Islom uchun jahannamda yonishga rozi bo'lganlarga va hayotda buni isbotlaganlarni zaharli unsurlar deya aql va mantiqqa xilof bir xatoga yo'liqadilar.
Muhtaram hakamlar hay`ati!
Men Ustoz Said Nursiyni yigirma yil avval Qastamo'nuda ziyorat qilgandim. O'shandan avval va so'ngra viloyatimiz Isparta va qishloqlarida juda ko'p musulmonlar Nur Risolalarini qo'lyozma shaklida ko'chirib buyuk bir shavqla ko'paytiradilar. Anado'luga Qur`oni Hakiymning hikmatlaridan sizib chiqqan Nur Kulliyotining yoyilishida Isparta bamisoli Nur va Gul Fabrikalari ma`nosidagi bir sharafga ega edi. Men o'z uyimda oilam va qizlarim bilan birga ko'p yillardan beri doimo Nur Risolalarini yozdik. Hatto Ispartaning bir qishlog'ida mingga yaqin qalamlar yillab Nurlarni ko'paytirishga xizmat qildi. Bularni arz etishdan maqsadim Shu: Bu og'ir shartlar bizning bola-chaqalarimiz bilan Risolai Nurning xizmatida yurishimiz va mahkamalarga chorlanishimiz va natijada davom etib kelgan sabot va matonatimiz, ajabo qaysi dunyoviy manfaat va yo o'ziga tarafdor yig'ish kabi bir maqsadning natijasi bo'lishi mumkin? Har xil bahonalar ila tuhmatchilar bizga yopishmasinlar. Biz boshdan oxirigacha iymon Haqiqatlari majmuasi bo'lmish Risolai Nurning xizmati ila bu Vatan va millatga va kelajak nasllarga juda katta foyda beradi, dunyo va oxiratda manfaatlar keltiradigan qudsiy bir xizmatda yurganimizga aslo shubha qilmaymiz. Biz faqatgina ming uch yuz yil avval chiqqan Islomiyat quyoshining atrofida ul saodat quyoshini, ul hidoyat nurini zimmamizga olgan ojiz bir ummatmiz xolos.
Muhtaram hakamlar hay`ati!
Mahkamalarning ko'plab oqlash qarorlari va tadqiq hay`atining isbotsiz raportlari bilan qonunan ayb mohiyati aslo bo'lmagan va barcha olim va mutafakkirlarning taqdir va sanolariga, hamda barcha mo'`minlar ham maqbul ko'rgan Risolai Nur, bilmay, o'qimay loy chaplashni istagan, hatto bir ajnabiyning ham insoniylik va nomus ila hurmat qilishi kerak bo'lgan muallifiga va asarlariga vatan va millatga dushmanlik qilgan tarzda zahar tomizganlarga qarshi javob tariqasida raddiyalarini ayb deb topish, faqat Risolai Nurga qarshi qalam surganlarning hukmlarini qabul qilish deganidir. Bu esa faqat o'ttiz yildan beri Risolai Nurni turli jabhalardan tadqiq qilib, unda bir zarar ko'rmay, oqlab chiqqan mahkamalarni va ularning hukmlarini qonunsizlikda ayblash bilangina mumkin bo'ladi. Va ommaning vijdonida alohida o'rin tutgan Qur`onning nurli Haqiqatlaridan pishqirgan Risolai Nur Haqiqatlarini chirita olish bilan erishilmog'i mumkin. Aks holda Risolai Nurga hujum qilgan o'zi ma`nan mas`ul va mahkum bo'ladi.
Biz bu samimiy qanoatlarimiz bilan Badiuzzamon Said Nursiy va Nur Risolalariga aloqamizning iymon va Qur`ondan kelib chiqqanini arz etmoq istaymiz. Ifrot va tafrit (oshirib yuborish va o'ta pastga urish) vodiysidan uzoq, faqat haqiqatlarni jiddiy va qiymatiga loyiq hukm bera olish suratida ma`ruza qilyapmiz. Bu holat hech qachon ishq va muhabbat ahlining oshirib yuborilgan muhabbatidan tug'ilgan bir hurmat bilan ustozlarini ta`riflashi navidan emas. Balki bu ilm va haqiqat ahlining ong va aql tarozusi ila tortib munozara maydoniga qo'ygan fikr va qanoatlaridir. Ham ayni paytda zamonning va makonning tor sahifasida qisilib qolgan bir hodisa va bir fikrni mudofaa qilganimiz yo'q. Risolai Nur da`vosi biz mansub bo'lgan Turk millatining kamida ming yillik tarihiy sharaf va faxri ila aloqador va insoniyat e`tibori ila inson navining ikki dunyo saodati ila munosabatdor va bugungi shaxs va jamiyatning qiymati, yetishishi nuqtai nazaridan eng ziyoda milliy sharafimiz nomusi ila bog'liq bo'lishi kerak bo'lgan eng buyuk bir masaladir.
Ha, hurmatli hakamlar:
Hozir iymon nuriga muhtoj bechora insonga Qur`onning oliy haqiqatlari dars berilishi kerak bo'lib turgan davrdamiz. Ruhlarini haq va fazilat yo'lida, Alloh uchun fido qilgan bir millatning bugungi nasli asrlardan beri iftixor qiladigan ajdodining Islomiy xizmat va shavqini yana ko'rsatadi. Kim insoniyatga yetuk, munavvar va abadiyatga nomzod namunani izhor eta olishi va bu suratla yaratilishining hikmat va g'oyasini butun olamda ko'rsata olishi uchun Qur`onga va Qur`onning mangu va so'nmas haqiqatlariga yopishadi. Risolai Nur esa u ma`naviy quyoshning bir shu`lasi va haqiqatlarining dalillari ila keltirilgan izohlari ekanligini ko'rgandan so'ng, unga sohib chiqadi, o'qib nashr etadi. Insoniyatga eng ulkan yaxshilik qiladi. Kim bilsin, balki musbat Islomiy madaniyat Qur`onning Nuriga yopishgan fidokor millatning xizmat va g'ayratidan tug'ilar.
So'ng So'zim: (HasbunAllohu va ne`mal vakil) o'laroq, haqiqiy adolatning yuzaga chiqishiga ulkan umidim borligini bayon etaman.
Tohiriy Mutlu.
OG'IR JAZO MAHKAMASI BOSHQARMASIGA. Da`vo maqomining bizga qarshi da`vosida o'ziga tarafdor to'plamoqda degan tuhmatini olg'a surib mahkum qilinishimni istamoqda. Ayblashga asos qilib ko'rsatilgan xat aslida bunday tuhmatdan nihoyatda uzoq. Chunki bu xat Said Nursiyga, uning asarlari va talabalariga qarshi bo'lgan, haqiqatga zarracha aloqasi yo'q va yolg'onlarni tarqatib yurgan ba`zi gazetachilarning tarqatgan ba`zi uydirmalariga javobdan iborat. Mahkama qarorlari va tadqiq hay`atining raportlari zikr etilib, qo'yilgan yanglish ayblar ma`qul shaklda bartaraf qilingan. Betaraflik (ya`ni dunyoviy)* tushunchasini suiiste`mol qilib, Badiuzzamonga, Talabalari va Risolai Nurga qarshi eng g'arazkor bir tarzda harakat qilganlarga, betaraflik qoidasidan foydalanib yozilgan bu javob xati qonun va adolat nuqtai nazaridan bir ayb sanalmasligi lozim. Tohiriy Mutlu. |



